avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri.

Поддержка акций ZiyoNET
Илм-фан
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi 36-maktabning
 9-sinf o`quvchisi Xonnazarov Zufarbek.
 
 
Mening bobom,buvim- mahallamiz faxri.
 
Reja
 
I. Kirish.
 Bobomning azaliy orzusi.
II.Asosiy qism.
1. Men bobomga o`xshashni  xohlayman.
2. Mening bobom mahallamiz faxri.
III. Xulosa.
Keksalarni e`zozlash mening farzandlik burchim.
 
                                                 Qarisi bor uyning parisi bor. (Maqol)
 
        Bobomning azaliy orzusi obod va tinch Vatanda baxtiyor hayot kechirish, el xurmatiga sazovor bo`lish.    Mening bobom urushga borib, yurt  ozodligi uchun kurashganlar. Urush yillarida qiyinchilik bolgan. Hammayoqda ocharchilik bolgan. Necha –necha minglab ota bobolarimiz, ajdodlarimiz yurtimiz ozodligi uchuh kurashganlar. Ular yurt ozodligi yo`lida jon olib, jon berganlar.
      Yurtimiz tinch,osmonimiz musaffo .Yurtimiz ozodligi uchun jon fido qilgan ota bobolarimiz xotiralari yod etilib, ularga atab xotira maydonlari qurildi. Urushda qatnashgan urush ishtirokchilarining ism-shariflari zarhal yozuvlar bilan yozib qo`yildi.
       Men bobomga o`xshashni xohlayman.  Mening bobom ikkinchi jahon urushida yurt ozodligi uchun kurashganlar. Hozirda bobom mahallamiz oqsoqoli. Bu yil bobomning medallari soni yana bittaga ko`paydi. Hozirda O`zbekiston Respublikasida 3000 ga yaqin urush qatnashchilari bor. O`zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kunidir.
Shu boisdan maktabimiz  atrofidagi ,qishlog`imizdagi mehnat, hamda  II Jahon urushi faxriylari holidan xabar olib, ularning og`irini yengil qilib ,duolarini olishga harakat qildik .
Buvijon –bobojonlarimiz  ota-onalarimiz har gal qo`llarini duoga ochar ekanlar, yurtimizda tinchlik, oilamizda xotirjamlik bo`lsin, deya ezgu niyat qilishadi. 2015-yilni mamlakatimizda “Keksalarni e`zozlash yili” deb nomlanishi barchamizni ham birdek quvontirdi .
        Yurtimizda nuroniy otaxon-u onaxonlarimizga hurmat –ehtirom, mehr-oqibat ko`rsatish qon-qonimizga singib ketgan.
Xonadonlarimiz farishtasi bo`lgan keksalarimiz bor joyda fayz-u baraka, farovonlik va totuvlik bo`lishini hammamiz juda yaxshi bilamiz. Shu boisdan biz o`z buvijon va bobojonlarimizni e`zozlaymiz, ularning bebaho o`gitlariga amal qilamiz.
Davlatimiz rahbarining shu yil 18-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «Keksalarni e`zozkash yili»Davlat dasturida joriy yilda amalga oshiriladigan xayrli ishlar belgilab qo`yilgan. Bu dastur keksalarning hayotini yaxshilash, ularni moddiy va ma`naviy qo`llab – quvvatlash, pensiya  ta`minoti va tibbiy xizmat  ko`rsatishni yuqori darajaga ko`tarishga qaratilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsam, yurtimizda keksalarimizni e`zozlash, ularga g`amxo`rlik ko`rsatish uchun ko`plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda ekan keling, biz ham faolligimizni yanada oshiraylik. Bu boradagi ishlarimiz bilan tengdoshlarimizga ibrat bo`laylik. Sizdek, bizdek farzandlarni tarbiyalashda o`z maslahatlarini ayamaydigan buvijon-bobojonlarimizni hurmat qilish, ardoqlash, ularga ko`proq e`tibor qaratish barchamizning farzandlik burchimizdir. 
 
Telefon: +998914588473